07:59 / 23.05.2022
8047

Yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 30 mingtaga oshdi

Yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 30 mingtaga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Davlat statistika qo‘mitasi

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda 95 023 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30 036 taga oshgan. 

2022 yilning yanvar-aprel oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:

  • avtomobil benzini – 382,3 ming tonna;
  • ko‘mir – 1,6 mln. tonna;
  • neft – 248 ming tonna;
  • gaz kondensati – 459 ming tonna;
  • yengil avtomobil – 95 023 dona;
  • avtobus – 247 dona;
  • yuk avtomobillari – 1188 dona;
  • avtomobil dvigatellari – 71,1 ming dona.

Qayd etilishicha, aprel oyida eng ko‘p “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022 yilning aprel oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni quyidagicha:

  • “Cobalt” -  9 498 dona;
  • “Lacetti-Gentra” - 6 866 dona;
  • “Damas” - 6 205 dona;  
  • “Spark” - 1 526 dona;
  • “Nexia T-250” - 623 dona; 
  • maxsus yengil avtomobillar - 1 320 dona.

Bundan oldin “inomarka”lar importi ikki baravarga oshgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top