07:16 / 24.05.2022
2952

Qarshi xalqaro aeroportida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari boshlandi

Qarshi xalqaro aeroportida keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Qayd etilishicha, ayni damda Qarshi aeroportining aerovokzal kompleksida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. 

Dastlabki bosqichda tashrif buyuruvchilar uchun mo‘ljallangan zal kengaytirilib, aerovokzalning yo‘lovchilar o‘tkazuvchanlik qobiliyatini soatiga 200 yo‘lovchidan 400 nafar yo‘lovchiga oshirish rejalashtirilgan. 

Shuningdek, aerovokzalning ikkinchi qavati jo‘nab ketuvchi yo‘lovchilar uchun mo‘ljallab qayta rekonstruksiya qilinadi. 

Buning natijasida kompleksdagi yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish ustunlari soni hozirgi 3 dan 10 taga oshiriladi. 

Shu bilan birga, zamonaviy bagaj taqsimlovchi lentalar, elektron tarozilar va yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratishga mo‘ljallangan boshqa moslamalar o‘rnatiladi.

Mavzuga oid
Top