14:07 / 25.05.2022
26401

Gul do‘konida qovjiragan gullar, Donbass shimolida - shiddatli janglar. Urush suratlari

Rossiyaning Ukrainaga bosqinining 90-kunida Vengriya qo‘shni mamlakatdagi urush tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qildi. Xarkovda ikki oydan oshiq davom etgan tanaffusdan keyin yana metro ishlay boshladi, metro o‘tgan vaqt davomida shaharliklar uchun bombapanagoh vazifasini o‘tadi. Mamlakat sharqida Baxmut, Lisichansk, Severodonetsk va Liman uchun shiddatli janglar ketmoqda. 

Kiyev markazida tabassum qilayotgan qizaloqlar. Qayerda yashashidan qat’i nazar, uch oylik urush ukrainlarning hayotini butkul o‘zgartirdi. Front chizig‘iga yaqin joylashgan shahar va qishloqlar aholisi hamon artilleriya zarbalaridan yerto‘lalarga tushib yashirinishga majbur bo‘lmoqda, elektr va gazsiz, hatto suvsiz kun kechirishmoqda. Shu bilan birga, mamlakat g‘arbidagi og‘ir artilleriya zarbalari yetib bora olmaydigan hududlarda ham tez-tez havo hujumidan ogohlantiruvchi sirenalar yangrab turibdi. Foto: AP Photo/Natacha Pisarenko

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar

  • Ukraina mudofaa vazirligi va qator tahlilchilar Rossiya Liman va Severodonetskni egallash uchun katta kuch tashlagani haqida xulosaga kelishdi;
  • Ukraina mudofaa vazirligi rasmiysi Aleksandr Motuzyanik rossiyalik harbiylar Severodonetskni o‘rab olish va Baxmut shahri mudofaasini yorib o‘tishni mo‘ljallayotganini aytdi;
  • Rossiya Liman shahriga yurishni ham faollashtirgan. Shahar uchun janglar ketmoqda, rossiyalik harbiylar shahar ko‘chalariga kira boshlagani haqida xabarlar bor;
  • Ukraina qurolli kuchlari 8 nafar rossiyalikni Kiyev oblastida harbiy jinoyatlar sodir etishda, xususan Motijin qishlog‘i oqsoqoli va uning oila a’zolarini o‘ldirishda aybladi. Qo‘shimcha qilinishicha, ayblanuvchilar orasida yollanma harbiylar ham bor, Ukraina razvedkasi ular Rossiyaning xususiy harbiy kompaniyasi «Vagner»ga aloqadorligini aniqlagan;
  • Vengriya bosh vaziri Viktor Orban feysbukdagi videomurojaatida Rossiyaning Ukrainaga hujumi tufayli mamlakatda favqulodda holat joriy etilishini ma’lum qildi;
  • Rossiya hukumati hamkasblariga maktub yozib, urushni qoralagan va ishdan bo‘shagan BMTning Jyenevadagi ofisida Rossiya missiyasi maslahatchisi sifatida ishlab kelgan diplomat Boris Bondarevning iste’fosiga munosabat bildirdi. «Bondarev ortiq biz bilan emas, u bizga qarshi», - dedi Kreml vakili Dmitriy Peskov.

Quyida 24 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xarkov oblasti 

Xarkov yaqinidagi Malaya Rohan qishlog‘idan bo‘lgan Olga Homenko Rossiya tanki snaryadi kelib tushgan mashinadan o‘g‘lining qoldiqlarini qidirmoqda. Foto: Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Xarkov bozoridagi gul do‘konida qurib qolgan guldastalar
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Xarkov metrosi yo‘lovchilari. Metro ikki oylik tanaffusdan keyin ishga qaytdi, o‘tgan vaqt mobaynida bu yerda zarbalardan yashiringan xarkovliklar jon saqladi. Foto: Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Xarkov metrosida ketayotgan yo‘lovchilar
AP Photo/Bernat Armangue

Kiyev oblasti

Metrodan Kiyev markazidagi maydonga chiqayotgan juftlik. Ukrainada urushning uch oyidan keyin komendantlik soati, blokpostlar va yo‘llardagi to‘siqlar kundalik hayot tarzining bir qismiga aylangan. Foto: AP Photo/Natacha Pisarenko
Kiyevda muzqaymoqxonada mijozlarni kutayotgan ayol
AP Photo/Natacha Pisarenko
Kiyev oblasti Borodyanka shahridagi faxriylar doskasi janglar vaqtida o‘qlar va oskolkalardan ilma-teshik bo‘lgan. Shahar Rossiya harbiylari okkupatsiyasi vaqtida jiddiy jabrlangan. Foto: Christopher Furlong / Getty Images
Klavdiya Tishchenko Irpendagi uyi derazasidan tashqariga qaramoqda, shahar mart oyida Rossiya qo‘shinlari artilleriyachilari tomonidan vayron qilingan. Foto: Natacha Pisarenko / AP / Scanpix / LET
Borodyankada vayron qilingan uylar oldida o‘ynayotgan bolakay. 
AP Photo/Natacha Pisarenko

Donbass shimoli 

Ukraina armiyasi harbiysi Lisichansk uchun janglar chog‘ida. Severodonetsk frontida qaqshatqich janglar ketmoqda, Severodonetsk — Lisichansk aglomeratsiyasidagi ukrain qo‘shinlari qurshovga tushishi xavfi mavjud.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
«DXR» kuchlari artilleriyachilari pozitsiyaga agitatsiya snaryadlari olib ketishmoqda (ularga taslim bo‘lishga chaqirilgan varaqalar joylangan)
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk oblasti Soledar shahrida artilleriya zarbasi oqibatlari
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblasti Baxmut shahri aholisining evakuatsiya jarayoni
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblasti Pokrovsk shahridagi evakuatsiya poyezdi yo‘lovchilari
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Soledarlik ayol evakuatsiya bo‘layotgan yaqinlarini kuzatmoqda
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Baxmut shahrida portlashlar oqibatida jiddiy shikastlangan binolar orasida butun qolgan yog‘och panelni ko‘tarib ketmoqda
AP Photo/Francisco Seco

 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top