16:51 / 25.05.2022
14200

Putin Zaporojye va Xerson oblastlari aholisi uchun Rossiya fuqaroligiga o‘tishni soddalashtirdi 

8 may kuni Xerson oblastining rossiyaparast hokimiyati mahalliy aholi «shu yilning o‘zidayoq» Rossiya pasportini olishi mumkinligini bildirgan.

Foto: Reuters

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2019 yil 24 aprelda qabul qilingan Donetsk va Lugansk aholisini Rossiya fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risidagi farmonga qo‘shimchalar kiritdi.

Qo‘shimchalarga ko‘ra, Ukrainaning Zaporojye va Xerson oblastlari aholisiga ham Rossiya fuqaroligiga o‘tish tartibi soddalashtirildi.

Avvalroq Zaporojye oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan harbiy-fuqarolik ma’muriyati region aholisiga Rossiya fuqarosi pasportlarini berishni tashkil etish uchun infratuzilma tuzilayotgani va xodimlar olinayotganini ma’lum qilgandi.

8 may kuni Xerson oblastining rossiyaparast hokimiyati mahalliy aholi «shu yilning o‘zidayoq» Rossiya pasportini olishi mumkinligini bildirgan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top