17:00 / 26.05.2022
6432

«Asakabank» AJ va YeTTB vakillik munosabatlarini o‘rnatmoqda

Foto: Asakabank

«Asakabank» AJ xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar bilan munosabatlarni faol rivojlantirib difersifikatsiya qilmoqda. Bu borada bank yirik xalqaro moliya institutlaridan biri – Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki (YeTTB) bilan ko‘p yillik hamkorlikka ega.

O‘zbekiston Respublikasida YeTTBning faoliyatini yanada rivojlantirishni ta’minlash maqsadida «Asakabank» AJ va YeTTB o‘rtasida vakillik munosabatlari o‘rnatilmoqda.

«Asakabank» AJ institutsional banking tajribasiga ega bo‘lgan yirik bank sifatida YeTTB uchun nafaqat an’anaviy bank xizmatlari, balki O‘zbekiston Respublikasida YeTTB investitsiyalarining samarador boshqaruvini ta’minlash maqsadida xalqaro g‘aznachilik operatsiyalarini amalga oshirishda ham YeTTB faoliyatini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini yaratadi.

Reklama huquqi asosida

Top