15:52 / 03.06.2022
45972

O‘zbek so‘mining rasmiy ramzi ko‘rinishi e’lon qilindi

Hozirgacha o‘zbek so‘mining boshqa valutalardan farqli ravishda ramz ko‘rinishidagi belgisi yo‘q edi.

Foto: Markaziy bank

Milliy valuta — “so‘m ramzi”ni ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov natijalari e’lon qilindi. Markaziy bank matbuot xizmati xabar berishicha, tanlov natijalariga ko‘ra, hay’at tomonidan O‘zbekiston milliy valutasi – “so‘m”ning o‘ziga xos timsolini yorqin ifoda etgan eng kreativ loyiha sifatida Jumagaldiyev Sarvar tomonidan ishlab chiqilgan grafik belgi tanlab olindi.

Hakamlar hay’ati a’zolari tanlov ishlarini quyidagi mezonlarga muvofiq baholadi:

  • o‘ziga xoslik (unikal) va originallik;
  • universallik;
  • oson tanib olinishi;
  • ramziy va farqli jihatlari;
  • so‘m ramzining turli formatlarda grafik qo‘llanishining qulayligi.

Ma’lumot uchun, hozirgacha o‘zbek so‘mida, boshqa valutalardan farqli ravishda ramz ko‘rinishidagi belgisi yo‘q edi. Qisqartma sifatida “so‘m”, “sӯm” yoki “sum” qo‘llangan.

MDH hududida arman drami (֏), ukrain grivnasi (₴), ozar manati (₼), qozoq tengesi (₸), qirg‘iz somi (⊆) va Rossiya rubli (₽) kabi valutalarning grafik ramzlari mavjud.

Top