13:38 / 04.06.2022
11726

MIB elektron bazasi vaqtincha ishlamaydi

Majburiy ijro byurosi organlarining barcha elektron ma’lumotlar bazasi va interaktiv xizmatlari 04 iyun kuni soat 22:00 dan 06 iyun soat 09:00ga qadar vaqtincha to‘xtalishi ma’lum qilindi.

Foto: MIB

Byuro xabariga ko‘ra, bu – elektron axborot va ma’lumotlar bazasiga tezkor ishlashni ta’minlovchi yangi qurilma hamda aloqa vositalari joriy etilishi bilan bog‘liq.

Bu amalga oshirilgach, dasturiy tizim imkoniyatlarining oshishi orqali ish unumdorligi va sifati oshishi aytilmoqda.

“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, – deyiladi byuro matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Top