23:10 / 05.06.2022
11476

O‘tish o‘yini. Uels Ukrainani mag‘lub etib, JCh-2022ga yo‘llanma oldi

Kardiffda JCh-2022ga o‘tishi o‘yini doirasidagi Uels va Ukraina o‘rtasidagi hal qiluvchi uchrashuv yakuniga yetdi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 34-daqiqasida Garet Beylning jarima nuqtasidan yo‘llagan kuchli zarbasi Yarmolenkoning boshiga tegib hisob ochilgach, mezbonlar minimal ustunlikni saqlab qolishdi va yakunda Qatardagi mundialga yo‘llanma olishdi. Uels 66 yillik tanaffusdan keyin mundialga yo‘llanma oldi.

Foto: Getty Images

Shu tariqa, uelsliklar AQSh, Eron va Angliya joy olgan guruhning 4-a’zosiga aylanishdi. Ukraina esa ketma-ket 4-marta JChga yo‘llanma ololmadi.

Foto: Getty Images

JCh-2022ga o‘tish o‘yini. Final
Uels – Ukraina 1:0

Gol: 1:0 – 34, avtogol Yarmolenko.
Uels – Hennessi, Robers, Devis, Rodon, Ampadu, Uilyams (Norrington-Devis, 90), Remzi, Allen, Beyl (Uilson, 83), Mur, Jyeyms (Djonson, 71).
Ukraina – Bushan, Karavayev, Matviyenko, Zabarniy, Mikolenko, Yarmolenko, Tsigankov (Mudrik, 77), Stepanenko (Sidorchuk, 70), Malinovskiy (Shaparenko, 70), Zinchenko, Yaremchuk (Dovbik, 77).
Ogohlantirishlar: Allen (2), Jyeyms (3), Mikolenko (32), Mudrik (90).

Top