19:19 / 06.06.2022
32313

Toshkentda «Rayhon» milliy taomlar oshxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in natijasida yetkazilgan zarar miqdori hozircha aniq emas.

6 iyun kuni soat 18:37 da Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan «Rayhon» milliy taomlar binosining tom qismida yong‘in kelib chiqqan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, yong‘in haqidagi xabarga asosan 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 19:03 da to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in sabablari hamda yetkazilgan zarar miqdori hozircha aniq emas.

Avvalroq olovni mustaqil o‘chirish uchun qilingan harakat Toshkent davlat texnika universiteti o‘quv binosi yonidagi oshxonada kelib chiqqan yong‘in kattalashib ketishiga sabab bo‘lgan, Olmazor tumanida joylashgan ikki qavatli milliy taomlar oshxonasi yonib ketgan, Chilonzordagi «Shovotlandiya» kafesida yuz bergan yong‘in oqibatida 5 kishi halok bo‘lgandi

Top