12:27 / 06.06.2022
30654

JCh-2022 bosh sovrini O‘zbekistonda

Foto: Muxiddin Ali

Qatarda o‘tadigan jahon chempionati startidan avval musobaqa bosh sovrini dunyoning 51 mamlakatiga olib borilishi reja qilingan. O‘zbekiston – bu yil jahon kubogi yetkazilgan MDHning yagona mamlakatiga aylanadi.

Foto: Muxiddin Ali

5 iyun kuni JCh-2022 bosh sovrini Livan poytaxti Bayrutdan Toshkentga yetkazildi. Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportdagi Coca-Cola tashkil etayotgan FIFA Woorld Cup™ xalqaro kubok-turi rasmiy kutib olish marosimida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ishtirok etdi.

Foto: Muxiddin Ali

6 iyun kuni esa kubok taqdimot marosimi oldidan jahon chempionlari ispaniyalik Karles Puyol hamda Kristian Karambyo ham Toshkentga yetib kelishdi. 

Foto: Muxiddin Ali

Ma’lumot uchun, jahon kubogi taqdimoti bugun, 6 iyun kuni Tashkent City Congress Hall’da o‘tkaziladi.

Top