20:00 / 06.06.2022
10122

Sizning ishonchingiz - UZCARD rivojlanishi uchun stimuldir

Foto: UZCARD

O‘z oldiga ulkan maqsadni qo‘yib, mamlakatdagi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib qolish uchun UZCARD to‘lov tizimining foydalanuvchilari doimo yordam berib kelgan, chunki aynan ular bizning jamoamizni, UZCARD mahsulot va xizmatlarini yaratish, joriy etish va takomillashtirishga doimo turtki bo‘lgan.

Biz mijozlarimizni qadrlaymiz va hurmat qilamiz, ular uchun imkon qadar foydali bo‘lishga intilamiz, shuning uchun biz xizmat ko‘rsatish darajasini, xizmatlarimiz miqdori va sifatini doimiy ravishda yaxshilashga harakat qilamiz. Ilg‘or texnologiyalar yordamida bir qator yangi funksiyalarni o‘z ichiga olgan, shuningdek, yuqori tezlik, xavfsizlik va qulaylikni ta’minlovchi ekotizim qurmoqdamiz.

UZCARD'ning uzoq muddatli ish jarayoni doimo o‘z foydalanuvchisining ehtiyojlaridan kelib chiqib, naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish uchun vektorni belgilab beradi. Shunday qilib, UZCARD kartalarini NFS qo‘llab-quvvatlovchi kontaksiz kartalari qatoriga o‘tkazish amalga oshirilmoqda, bir qator kobeydj mahsulotlari taqdim etilmoqda, terminal va bankomatlar dasturiy ta’minoti doimiy ravishda yangilanib, xizmatlar bilan to‘ldirilmoqda, mamlakat jamoat transportida yo‘l haqini yig‘ishning avtomatlashtirilgan tizimi kengaymoqda, xalqaro transferlar rivojlanmoqda va hokazo.

UZCARD jamoasi, naqd pulsiz hisob-kitoblar dunyosida yurtdoshlarimiz hayotini yanada qulay va xavfsiz qilish uchun hech qachon erishgan yutuqlari bilan cheklanmaydi va muvaffaqiyat sari yangi yo‘llarni ochadi!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top