15:45 / 07.06.2022
13486

O‘zbekistonga kirishdagi koronavirus bilan bog‘liq barcha cheklovlar bekor qilindi

2022 yilning 10 iyunidan boshlab O‘zbekiston va xorij fuqarolari uchun aviaqatnovlar, chegaradosh temiryo‘l stansiyalari va avtomobil o‘tkazish chegara punktlari orqali O‘zbekistonga kirib kelishda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq o‘rnatilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilinadi.

Foto: Kun.uz

Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi qarori qabul qilingan, deya Kun.uz'ga ma’lum qildi hukumat matbuot xizmati.

Bungacha yo‘lovchilardan PZR va ekspress-antigen test topshirish, emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo‘lish talab etilar edi.

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanishi ortidan eng so‘nggi cheklovlar ham bekor qilinmoqda. 1 martdan boshlab O‘zbekistonda fuqarolarga ochiq havoda niqob taqmaslikka rasman ruxsat berilgandi.

14 iyundan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi yo‘lovchi poyezdlari qatnovi tiklanmoqda. 1 iyundan Turkmaniston o‘z hududini O‘zbekiston yuk mashinalari tranziti uchun ochdi.

Top