11:03 / 08.06.2022
20286

Eslatma: Bugun – xotin-qizlar granti uchun tavsiyanoma qabulining oxirgi kuni

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun OTMga kirishda qo‘shimcha 4 foizli grant ajratilgan. Buning uchun talabgorlar Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining tavsiyanomasini olish kerak. Bugun –tavsiyanoma olish uchun ariza topshirishning oxirgi kuni.

Foto: Kun.uz

Tavsiyanoma olishga talabgorlar quyidagi toifalardan biriga mos bo‘lishi kerak:

  • Kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar (oilaning har bir a’zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 0,527 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga ega bo‘lgan oila);
  • To‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
  • Turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
  • Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
  • 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida (ijarada) yashayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
  • Ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Tavsiyanoma uchun talabgorlar hujjatlari xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda yuborilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, tavsiyanoma olishning o‘zi talaba bo‘lishni anglatmaydi. Biroq tavsiyanoma bilan tanlovda ishtirok etgan xotin-qizlar orasidan eng yuqori natija ko‘rsatganlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga ko‘ra davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. 

Top