13:45 / 09.06.2022
25770

Donbassda okop qaziyotgan askarlar, Xarkovda yana yong‘inlar. Urush suratlari

Urushning 105-kunida o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXRda hukumat iste’foga chiqarildi, yangi hukumat tarkibiga rossiyalik amaldorlar kiritildi. Yevroparlament Ukrainaga YeIga nomzod maqomini berish tavsiya qilingan rezolyutsiya chiqardi. Ukraina qurolli kuchlari Xerson oblastida muvaffaqiyatli qarshi hujumni davom ettirmoqda - mahalliy nashrlar xabariga ko‘ra Xersonom yaqinidagi Blagodatnoye posyolkasi qaytarib olingan.

Oliy Rada spikeri Ruslan Stefanchuk Fransiya sharqidagi Strasburg shahrida Yevroparlamentda nutq so‘zlamoqda.
AP Photo/Jean-Francois Badias

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar

  • Ukraina Bosh shtabiga ko‘ra, Rossiya qo‘shini Bogorodichnoye rayonida «shturm harakatlari amalga oshirmoqda» - bu Shimoliy Don daryosining janubiy sohilida, Rossiyaning Slavyansk va Kramatorsk tomon yurishi yo‘nalishida joylashgan;
  • Lugansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gayday jurnalistlarga bergan intervyusida ukrain harbiylari «Severodonetskning faqat atrofdagi hududlarini nazorat qilayotgani»ni aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar aviazarbalar va artilleriya zarbalari orqali Severodonetskni yer bilan bitta qilishgan, ukrain harbiylari bombardimonlar ostida ko‘p qavatli uylarda qolishdan ma’no yo‘q deb hisoblab, shaharning asosiy qismini tark etgan.
  • O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasida bosh vazir Aleksandr Ananchenko rahbarligidagi hukumat iste’foga chiqarilib, Dnepropetrovskda tug‘ilgan, ammo Rossiyada savdo vazirligida departament direktori lavozimida ishlab kelgan Vitaliy Xotsenko hukumat rahbari vazifasini bajaruvchisi bo‘ldi.
  • Ukraina va Rossiya o‘rtasida navbatdagi askarlar jasadlarini almashuv jarayoni bo‘lib o‘tdi. Zaporojye oblastidagi front chizig‘ida almashuv «50 ga 50» formulasida amalga oshirilgan. Ukraina tomoni xabar qilishicha, qaytarilgan 50 jasaddan 37 tasi Mariupol va «Azovstal» mudofaachilarinikidir.
  • Ukrain tarmoq riteylerlari urushning dastlabki ikki oyidagi zararini 50 mlrd grivna (yoki 1,7 mlrd dollar)ga baholadi;
  • Xerson oblastining Rossiyaga qo‘shilishi masalasidagi referendum shu yil o‘tkazilishi ma’lum qilindi;
  • Urush boshidan buyon Ukraina davlat tergov byurosi mamlakat fuqarolarining Rossiya bilan hamkorlik qilishi borasida 480 ta ish ochgan.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va turkiyalik hamkasbi Mavlud Chovusho‘g‘li Anqaradagi uchrashuv boshlanishi arafasida
Russian Foreign Ministry Press Service via AP

Quyida 8 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Nikolayev 

Nikolayev oblasti ma’muriyatining vayron bo‘lgan binosi. Binoga mart oyi o‘rtalarida raketa zarbasi berilgan, hujum qurbonlari soni 37 kishini tashkil etgandi. Shaharni o‘qqa tutish hamon davom etmoqda, ishg‘ol qilingan Xersonga yaqin joylashgan Nikolayevda urush boshidan buyon jami 108 kishi qurbon bo‘lgan.
Edgar Su / Reuters / Scanpix / LETA
Ma’muriyat matbuot kotibi Dmitro Pletenchuk vayron bo‘lgan binoda.
Edgar Su / Reuters / Scanpix / LETA

Kiyev

Kiyev chetidagi Gorenkada uyini vayronalardan tozalayotgan ayol boshini ushlab turibdi
AP Photo/Natacha Pisarenko
Kiyev tashqarisidagi Yasnodarskda hujumlar vaqtida vayron bo‘lgan uyi hovlisida ishlayotgan ayol
AP Photo/Natacha Pisarenko
Gorenkadagi hujumlar natijasida vayron bo‘lgan ko‘p qavatli uydagi derazalardan biridan bosh chiqarib turgan ayol
AP Photo/Natacha Pisarenko
O‘z dronini sinab ko‘rayotgan kiyevlik. Dronlar Ukraina-Rossiya urushidagi muhim vositalardan biriga aylandi.
AP Photo/Natacha Pisarenko

Xarkov 

Rossiya hujumidan vayron bo‘lgan supermarket xodimlari uning ichidan mahsulotlarni olib chiqishmoqda. 8 iyun kuni Xarkov yana bir bor rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutildi. OAV xabariga ko‘ra, kafe, maktab kutubxonasi va oziq-ovqat do‘koni hujumdan jabrlangan. Ikki kishi halok bo‘lgan.
Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkovda o‘t o‘chiruvchi raketa zarbasidan keyin yonib ketgan binoda ishlamoqda.
Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimoli 

Ukrain harbiylari asosiy harbiy harakatlar maydoniga aylangan Donetsk oblastidagi front chizig‘i yaqinida okop qazimoqda.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy Ukraina armiyasining Novoluganskoye yaqinidagi pozitsiyasi bo‘ylab harakatlanmoqda. May oyi oxirida Rossiya harbiylari va DXR kuchlari ushbu posyolkani shturm qilishga kirishgandi. Foto: EPA / Scanpix / LETA
Baxmut shahri yaqinidagi maktabga hujumdan keyin atrofda sochilib yotgan darsliklar. Shahar Ukraina armiyasi uchun strategik ahamiyatga ega, bu Ukraina qurolli kuchlarining Donbassdagi asosiy guruhining asosiy logistik markazi hisoblanadi. Foto: Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina harbiy xizmatchilari Donetsk oblastidagi front chizig‘i yaqinida okop qazish ishlaridan keyin dam olmoqda
AP Photo/Bernat Armangue
Donetsk oblastidagi front chizig‘i yaqinidagi okopda saqlanayotgan o‘q-dorilar
AP Photo/Bernat Armangue
Okop qazish ishlaridan keyin dam olayotgan ukrainalik harbiy.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari Izyumdagi front chizig‘ida. Rossiya armiyasi Izyum platsdarmidan Donbassdagi ukrainlarning eng yirik guruhini qurshab olish uchun yurish amalga oshirishi kutilgandi. Ammo Ukraina armiyasi platsdarmga qo‘shimcha kuchlar jo‘natdi va rossiyaliklar yurishi to‘xtatildi.
Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA
Soledarlik kishi bombapanagohda yegulik tayyorlamoqda. Bir necha kun oldin Ukraina qurolli kuchlarining Soledardagi pozitsiyasiga prezident Volodimir Zelenskiy tashrif buyurgandi. Foto: Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top