09:42 / 09.06.2022
9893

May oyida eng ko‘p nikoh holatlari qayd etilgan hudud ma’lum qilindi

May oyida eng ko‘p nikoh holatlari Farg‘ona viloyatida qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning may oyida respublika bo‘yicha 18 492 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha Farg‘ona viloyati yetakchilik qilmoqda – 2347 ta holat. Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 1876 ta va 1730 ta nikoh kuzatilgan Toshkent shahri hamda Andijon viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlarda quyidagicha ko‘rinish oldi: 

Toshkent viloyati – 1714 ta; 
Qashqadaryo viloyati – 1600 ta;
Samarqand viloyati – 1584 ta; 
Surxondaryo viloyati – 1522 ta; 
Namangan viloyati – 1349 ta;  
Qoraqalpog‘iston R. – 987 ta;  
Xorazm viloyati – 950 ta; 
Buxoro viloyati – 940 ta; 
Jizzax viloyati – 729 ta;  
Navoiy viloyati – 644 ta;  
Sirdaryo viloyati – 520 ta.

Bundan oldin 3 oyda eng ko‘p nikoh holatlari Samarqand viloyatida qayd etilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top