14:37 / 10.06.2022
15273

Jalol Arashov qurilish vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Foto: Jalol Arashov

O‘zbekiston Qurilish vazirligi rahbariyatida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda Telegram’dagi “Nigoh” kanali xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Jalol Arashov qurilish vazirining o‘rinbosari lavozimida ish faoliyatini boshladi.

Jalol Arashov mazkur tayinlovga qadar Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

Joriy yilning may oyi oxirlarida Nasrulla Boboyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan qurilish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi.

Nasrulla Boboyev 2021 yilning martida prezidentning tegishli qaroriga asosan qurilish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Qurilish vazirligi 2018 yil aprelida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda vazirlikka Botir Zokirov rahbarlik qilmoqda. 

Qurilish vazirligida to‘rtta o‘rinbosarlik o‘rni mavjud: birinchi o‘rinbosar Davron Odilov, o‘rinbosarlar Shukrullo Jahongirov, O‘ktam To‘rayev va Jalol Arashov (yangi tayinlov).

Top