21:51 / 11.06.2022
50114

“Buni ko‘rib odam qo‘rqib ketdi” - prezident Toshkent yo‘llaridagi qoidabuzarliklar haqida

“Shunaqa “narusheniya” ko‘p, shunaqa “probkalar” ko‘p... Xohlagan odam xohlagan narsasini qilib yuribdi shopirlar”, deya Toshkentni mashinada bir yarim soat aylangandagi taassurotini aytdi davlat rahbari.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentni mashinada aylanganida yo‘llarda ko‘rgan tartibsizliklaridan hayratga tushganini aytdi.

“Men o‘tgan kuni mashinada bir yarim soat Toshkentni aylandim. Yurib bo‘lmadi. Men o‘zim yurgan katta ko‘chalarda yurib bo‘lmadi. Shunaqa “narusheniya” ko‘p, shunaqa “probkalar” ko‘p... Xohlagan odam xohlagan narsasini qilib yuribdi shopirlar. Odam qo‘rqib ham ketdi buni ko‘rib. Men o‘zim hayron qoldim”, – dedi davlat rahbari.

“Menimcha” ko‘rsatuvining bugungi sonida aytilishicha, Mirziyoyev bu haqda 6 iyun kungi taqdimot vaqtida gapirib o‘tgan.

Shu kuni prezident Toshkent yerusti halqa metrosining ikkinchi bosqichi qurilishini borib ko‘rgan edi. Tashrif davomida poytaxtda jamoat transportini rivojlantirish va metropolitenda yo‘lovchilarni ko‘paytirish loyihalari taqdimot qilingandi.

Top