16:07 / 13.06.2022
15432

Atirauda ishlash uchun ruxsatnoma olmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklardan iborat katta navbat yuzaga keldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istonning Atirau shahrida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida katta navbat yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Migratsiya agentligi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Foto Orda.kz

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Aqtau shahridagi bosh konsulxonasi ma’lum qilishicha, joriy yil may oyida O‘zbekistondan Qozog‘istonning Atirau shahriga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun borgan fuqarolar ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini rasmiylashtirish jarayonida Atiraudagi fuqarolarga xizmat ko‘rsatish markazlarida katta navbatlar yuzaga kelgani sababli o‘z e’tirozlarini bildirgan.

O‘z navbatida, O‘zbekistonning Aqtau va Olmaota shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan vaziyat nazoratga olinib, ushbu vaziyat yuzasidan Atirau viloyati hokimiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaat qilingani aytiladi.

Foto Orda.kz

Atirau viloyati hokimligi tomonidan ushbu masalani ijobiy hal etish, markaz xodimlari va qabul oynalari sonini ko‘paytirish, qabul vaqtini kech soat 22:00 gacha uzaytirish va shanba kuni ham fuqarolar qabulini tashkil etish kabi choralar ko‘rilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda. 

Mavzuga oid
Top