17:04 / 14.06.2022
5282

Qoraqalpog‘iston XTVga yangi rahbar tayinlandi

Foto: Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi matbuot xizmati

Ahmed Narimbetov Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Respublika Vazirlar Kengashi xabar berdi.

14 iyun kuni O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov, Jo‘qorg‘i Kenges raisining o‘rinbosari Otabek Davletov va Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari Abatbay Daniyarov ishtirok etgan majlisda u soha vakillariga tanishtirildi.

Ahmed Narimbetov ushbu tayinlovga qadar Respublika 6-sonli skolioz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internati direktori lavozimida ishlab kelgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga 2020 yilning dekabridan buyon Rustem Reimov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Mavzuga oid
Top