22:58 / 15.06.2022
44330

Osiyo kubogi U-23. O‘zbekiston Yaponiyani mag‘lub etib, finalga yo‘llanma oldi

Osiyo kubogi U-23 ikkinchi yarimfinali doirasida O‘zbekiston olimpiya jamoasi Yaponiyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi.

Foto: Tribuna.uz

«Bunyodkor» stadionidagi uchrashuvda OFK qaroriga ko‘ra, o‘zbekistonlik muxlislar kiritilmagach, o‘yingoh tashqarisida fan-zona tashkil etilib, 10 mingdan ortiq tomoshabin katta monitor qarshisida 90 daqiqa vakillarimizni qizg‘in qo‘llab-quvvatlab turdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi, ikkinchi taymning 60-daqiqasida esa Jasur Jaloliddinov jarima maydoni tashqarisidan super zarba yo‘llab, yaponlar darvozasini ishg‘ol etdi – 1:0.

Goldan ruhlangan vakillarimiz uchrashuvning 89-daqiqasida ikkinchi golni kiritishdi. Husayn Norchayev Suzuki bilan yakkama-yakka holatga chiqib, o‘yin taqdiriga nuqta qo‘ydi – 2:0.

Shu tariqa, Temur Kapadze shogirdlari «12-o‘yinchi»siz ham Yaponiya ustidan zafar quchib, finalga yo‘llanma olishdi. «Bunyodkor» stadionida kechadigan 19 iyun kungi Saudiya Arabistoniga qarshi hal qiluvchi bahsda bu safar muxlislar ham stadionga qaytishadi. Vakillarimiz so‘nggi 4 yilda ikkinchi marta finalda to‘p surishadi.

Osiyo kubogi U-23. Yarimfinal.
15 iyun (chorshanba)
O‘zbekiston – Yaponiya – 2:0

Gol: Jasur Jaloliddinov 60, Husayn Norchayev 89.
O‘zbekiston U-23: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 3.Doston Tursunov (6.Jaloliddin Sodiqov, 72), 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 7.Hojimat Erkinov (20.Ruslanbek Jiyanov, 72), 9.Ulug‘bek Hoshimov (22.Alisher Odilov, 76), 10.Jasur Jaloliddinov (14.Abbosbek Fayzullayev, 76), 15.Odilbek Abdumajidov, 17.Diyor Xolmatov, 19.Husayn Norchayev, 23.Abdurauf Bo‘riyev.
Yaponiya U-23: 12. Suzuki, 3.Seyya Baba, 6.Daiki Matsuoka (7.Rixito Yamamoto, 58),  8.Joel Fujita, 9.Shota Fujio, 10.Koki Saito (13.Kein Sato, 58), 11.Mao Xosoya, 16.Takeshi Uchino, 17.Xijiri Kato, 18.Yuito Suzuki, 22.Anri Chase.

Top