12:11 / 16.06.2022
9510

Abduqodir Toshqulov 2022/23 o‘quv yili qabul kvotalari nega kechikkaniga izoh berdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining ma’lum qilishicha, keyingi yildan kechikmasligi uchun kvotalar farmoyish asosida e’lon qilinadi.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Oliy ta’lim ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul, professional ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov kvotalarni e’lon qilish kechikkani masalasiga to‘xtaldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.

Vazirning izohlashicha, 2022/23 o‘quv yiligacha qabulga daxldor o‘zgarishlar ham, qabul kvotasi ham bitta qaror orqali e’lon qilingan. Qabulga aloqasi bo‘lgan o‘zgartirishlar ustida tortishuv ko‘p bo‘lib, qarorning o‘zgarishlarga xos bo‘lgan qismi muhokamasi hisobiga kvotalarni e’lon qilish ham biroz cho‘zilgan. 

“Kvota ancha oldin tasdiqlangan edi. Shuning uchun keyingi o‘quv yillarida muammo bo‘lmasligi uchun, bu qaror va farmoyishda belgilanadi. Endi qaror chiqishi shart bo‘lmaydi. Kvotalar oldinroq chiqishi uchun farmoyish bilan chiqadi. Va bu qabulga aloqador o‘zgarishlar bilan yaxlitlanmaydi”, – dedi vazir.

Top