21:46 / 16.06.2022
27557

Qabul kvotalarining oliygohlar va yo‘nalishlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi

12ta oliygohda ilk marta masofaviy ta’limga qabul bo‘ladi. Ta’limning bu shakli uchun iqtisodiyot, menejment, buxgalteriya, kompyuter texnologiyalari va yurisprudensiya yo‘nalishlari tanlab olingan.

Foto: Kun.uz

2022/23 o‘quv yilida davlat oliygohlariga bakalavriatning kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari, shuningdek, magistraturaga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining OTMlar va ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

“Huquqiy axborot” kanalida e’lon qilingan taqsimot jadvallari bilan quyidagi pdf formatdagi fayllar orqali tanishish mumkin (mazkur kvotalar endilikda tillar kesimida bo‘lib chiqiladi):

Jadvallarda moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar uchun faqat grant o‘rni ko‘rsatilgan, ular to‘lov-kontrakt kvotalarini mustaqil belgilaydi.

Bu yil masofaviy oliy ta’limga ilk marta qabul bo‘ladi. Bakalavriatning bu ta’lim shaklida kadr tayyorlash quyidagi 12ta oliygohda boshlanadi:

Top