18:55 / 20.06.2022
9058

YeI Qrim annexiasi sababli Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi

2014 yilda Qrim va Sevastopol annexiasi sababli Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritilgandi.

Foto: AP

Yevropa ittifoqi kengashi Qrim yarimoroli annexiasi sababli Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarning amal qilish muddatini yana bir yilga uzaytirdi. YeI kengashi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, cheklov choralari 2023 yil 23 iyungacha amal qiladi.

Sanksiyalar paketiga xususan, mahsulotlar importi va eksportiga cheklovlar kiritilgan, Yevropa kompaniyalariga Qrim portlariga kruiz sayohatlari uyushtirish va yarimorolda turistik xizmatlar ko‘rsatish , investitsiya kiritish hamda neft va gaz qazib olish va ishlab chiqarish faoliyatini olib borish taqiqlangan.

Qrim va Sevastopol bo‘yicha sanksiyalar 2014 yil yozda qabul qilingandi.

2014 yil martida Qrimda referendum o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra yarimorol Rossiyaning hududiy qismiga, Sevastopol esa federal ahamiyatdagi shahriga aylangan. Bu referendum natijalarini Ukraina va xalqaro jamoatchilik tan olmaydi.

Mavzuga oid
Top