11:21 / 21.06.2022
8534

AQSh neftning jahon narxlarini cheklamoqchi 

Vashington hamkorlar bilan neftning maksimal narxini belgilash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu Rossiyaning energiya daromadlarini kamaytiradi va qashshoq mamlakatlarga yordam beradi, deydi AQSh moliya vaziri Janet Yyellen.

Foto: Picture Alliance

AQSh moliya vaziri Janet Yyellen 20 iyun, dushanba kuni kechqurun Kanadaga tashrifi chog‘ida Rossiyaning neft daromadlarini qisqartirish va «jahon iqtisodiyoti uchun salbiy oqibatlarning oldini olish» maqsadida AQSh hamkor davlatlar bilan neft narxi yuqori chegarasini belgilash bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap bir vaqtning o‘zida bir nechta natijalarga erishadigan narx chegarasini yoki narx istisnosini belgilash haqida ketmoqda - g‘arbning Rossiya energiya tashuvchilariga qarshi sanksiyalarini kuchaytirish va Rossiya neftining narxini pasaytirish, Rossiya hukumati daromadlarini qisqartirish hamda jahon bozorida neft hajmini oshirish ko‘zda tutilgan. 

AQSh moliya vazirining fikricha, neft narxini cheklash ayni paytda energiya va oziq-ovqat narxlarining yuqoriligidan aziyat chekayotgan «past daromadli va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun salbiy oqibatlarning» ham oldini oladi. 

Janet Yyellen kanadalik hamkasbi Xristey Friland bilan muzokaralar chog‘ida shu mavzuga to‘xtaldi. Ottavadagi muzokaralarda Ukrainadagi urush fonida strategiya, yuqori inflatsiya va global ta’minot zanjirlari bilan bog‘liq muammolar kabi masalalar ham muhokama qilindi. 

Top