09:05 / 21.06.2022
9669

O‘zbekiston un importi hajmini oshirdi

5 oyda 158,4 ming tonna bug‘doy uni import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Pixabay

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga qiymati 49 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 158,4 ming tonna bug‘doy uni import qilingan. 

Qayd etilishicha, bug‘doy uni importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 19,8 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston bug‘doy unini eng ko‘p import qilgan davlatlar quyidagicha:

  • Qozog‘iston – 153,4 ming tonna; 
  • Rossiya – 4,9 ming tonna; 
  • AQSh – 50 tonna;
  • Italiya – 27 tonna;
  • Hindiston – 2 tonna;
  • Fransiya – 1,8 tonna.

Bundan oldin O‘zbekiston bozorlarida kartoshka va piyoz narxi arzonlashgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top