21:55 / 21.06.2022
16821

Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan chegirmalar e’lon qildi

Foto: Kun.uz

Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan chegirmalarni taqdim etadi, deb xabar bermoqda aviakompaniya axborot xizmati.

Qayd etilishicha, Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 9 iyuldan 12 iyulgacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarning barcha turdagi tariflariga 50 foizlik chegirma e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, Uzbekistan Airways Ramazon hayiti munosabati bilan ham chegirma e’lon qilgandi.

Top