07:38 / 22.06.2022
22578

O‘zbekistonda ayollar o‘rtacha necha yoshda oila qurayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda ayollar o‘rtacha 22,3 yoshda oila qurmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga respublika bo‘yicha ilk bor oila qurayotgan ayollarning o‘rtacha yoshi 22,3 yoshni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, hududlar kesimida ilk bor oila qurayotgan ayollarning o‘rtacha yoshi quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston R. – 21,5 yosh; 
  • Andijon viloyati – 21,6 yosh;
  • Buxoro viloyati – 22,6 yosh; 
  • Jizzax viloyati – 22,7 yosh;
  • Qashqadaryo viloyati – 22,6 yosh;
  • Navoiy viloyati – 22,8 yosh;
  • Namangan viloyati – 21,5 yosh;
  • Samarqand viloyati – 21,8 yosh;
  • Surxondaryo viloyati – 22,7 yosh;
  • Sirdaryo viloyati – 23,0 yosh;
  • Toshkent viloyati – 23,0 yosh;
  • Farg‘ona viloyati – 21,5 yosh; 
  • Xorazm viloyati – 22,9 yosh;
  • Toshkent shahri – 23,1 yosh.

Bundan oldin O‘zbekistonda erkaklar o‘rtacha necha yoshda oila qurayotgani ma’lum qilingandi.

2022 yilning 1 yanvar holatiga respublika bo‘yicha ilk bor oila qurayotgan erkaklarning o‘rtacha yoshi 26,5 yoshni tashkil etgan.

Mavzuga oid
Top