16:24 / 23.06.2022
67284

O‘zbekistonda dollar kursi urushning ilk kunidagi kursdan arzonladi

O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga beshinchi bor tushdi, rubl kursi ko‘tarilishi davom etmoqda.

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24 iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 16,91 so‘mga pastlab, 10830,17 so‘mni tashkil qildi. Yevro 19,96 so‘mga tushib, 11 391,17 so‘m bo‘ldi.

Rubl esa 0,07 so‘mga oshib, 203,96 so‘m bo‘ldi. 

Qayd etish kerakki, dollarning rasmiy kursi urush boshlangan sana — 24 fevraldagi holatiga qaytdi. 24 fevral kuni kurs 10 840,28 so‘mga teng bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi oxirida Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi jahon bozoriga ta’sir ko‘rsata boshladi. Rasmiy kurs oxirgi bor 14 mart kuni 11 000 so‘mlik nuqtadan past bo‘lgandi - 10 998,06 so‘m. Keyingi kunlar davomida kurs keskin tezlik bilan ko‘tarildi:

  • 15 mart kuni - 11 033, 03 so‘m (+34,97 so‘m)
  • 16 mart kuni - 11 150,12 so‘m (+117,09)
  • 17 mart kuni 11 330,38 so‘m (+180,26 so‘m)
  • 20 mart kuni 11 571,99 so‘m (+241,61 so‘m). 

Kurs aprel oyi boshlaridan buyon tushib kelmoqda. 15 aprelda kurs 11 300 so‘mdan, 28 aprel kuni 11 200 so‘mdan, 31 may kuni esa 11 000 so‘mdan pasaygandi.

Top