10:16 / 23.06.2022
7698

Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda 52 yoshli yo‘lovchi ayol vafot etdi

Tezlik qoidalarini buzib harakatlangan haydovchi Nexia boshqaruvini yo‘qotgan va oqibatda mashina yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Videodan kadr

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 13 iyun kuni Jomboy tumani hududidan o‘tgan Saricha—Qang‘li—Boybag‘ish avtomobil yo‘lida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Katta tezlikda harakatlangan Nexia mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. Oqibatda mashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan 52 yoshli ayol og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.

Avvalroq, Past Darg‘om tumanida Damas urib yuborgan maktab o‘quvchisi vafot etgandi.

Top