14:43 / 24.06.2022
36703

Mariupolda boshlangan qurilishlar, Xarkivda portlamay qolgan yarim tonnalik bomba. Urush suratlari

Ukrainada urushning 120-kuni o‘tdi.

23 iyun kuni Ukrainaga Yevroittifoq a’zoligiga nomzod maqomi berildi. AQSh ushbu mamlakatga yana 450 million dollarlik harbiy yordam va’da qildi. RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya-Belarus havo hujumidan mudofaa tizimini zudlik bilan mustahkamlash zarurligini aytdi. Quyida urushning 120-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kiyev oblasti

Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA

Irpen va Gostomelning bolalar jamoalari Gostomeldagi ko‘p qavatli uy binosi oldida urush davrida ilk bor o‘zaro o‘yin o‘tkazmoqda. Kiyev oblasti 2022 yil fevral va mart oylarida rossiyalik harbiylar tomonidan ishg‘ol etilgan va tinimsiz artilleriya zarbalari ostida qolgan. Shaharlar tinch aholisi orasida juda ko‘p qurbonlar bo‘lgan. Mart oyi oxirida rossiyalik harbiylar oblastni tark etishdi. 

Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA

Boyarka shaharchasi aholisi Donetsk oblastining Toretsk shahrida halok bo‘lgan harbiy Oleksandr Adamovichni dafn etmoqda. So‘nggi hafta davomida Toretsk Rossiya tomonidan intensiv ravishda o‘qqa tutilayotgan shaharlardan biri bo‘lib turibdi.

Taniqli italyan shoiri Dante Aligerining Kiyevdagi Volodimir tepaligida o‘rnatilgan haykali qum to‘ldirilgan qoplar bilan o‘rab qo‘yilgan
AP Photo/Nariman El-Mofty

Mariupol 

Foto: Yegor Aleyev / TASS

Mir prospekti va Kuprin ko‘chasi kesishmasida Rossiya mudofaa vazirligi harbiy-qurilish kompleksi tomonidan olib borilayotgan qurilish. Bu yerda 12 ta besh qavatli uylar qurish rejalashtirilgan. 

Mariupollik ayol zarbalar natijasida shikastlangan uy hovlisida taom tayyorlamoqda.
Yegor Aleyev / TASS
Mariupol ko‘chasida yonib ketgan avtomobillar. Foto: Yegor Aleyev / TASS
Mariupol o‘qqa tutilishi chog‘ida vayron bo‘lgan uy fonidagi «Dobro pojalovat!» yozuvi.
Yegor Aleyev / TASS

Chernihiv oblasti 

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Novoselovka qishlog‘i aholisi vakili mart oyida Rossiya tomonidan berilgan zarbalar chog‘ida vayron bo‘lgan uylarini tozalamoqda. Hozirda uning onasi issiqxonada yashaydi.

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Novoselovka aholisi gumanitar yordam qabul qilmoqda. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi xabar qilishicha, Rossiya armiyasi iyun oyi boshida ushbu qishloq va unga tutash aholi punktlarini o‘qqa tutgandi.

Novoselovkadagi yo‘lda tankka qarshi to‘siqlar. Foto: Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Xarkiv 

Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA

Saltovka rayonida ixtisoslashtirilgan brigada turar joy binosi tomidan portlamay qolgan va zararsizlantirilgan 500-kilogrammlik bombani tushirmoqda. Bomba bu uyga mart oyida kelib tushgan. 24 iyun kuni Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi Rossiya shaharga artilleriyadan zarba berishda davom etayotgani, shuningdek «diversiya-razvedka guruhlari faollashgani»ni qayd etdi.

Odessa 

Leszek Szymanski / EPA / Scanpix / LETA

Odessa opera va balet teatri hovlisida qum to‘ldirilgan qoplar. 21 iyun kuni RF mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar Odessa hududida «Bayraktar-TB2» dronlari joylashtirilgan angar yakson etilgani to‘g‘risida xabar berdi. Volodimir Zelenskiy o‘sha kuni shunday dedi: «Rossiya bizning faolligimizni juda asabiy qabul qilmoqda. Yana Xarkiv, Odessa o‘qqa tutildi, yana — Donbassda yurish qilish uchun shafqatsizlarcha urinishlar amalga oshirildi. Bu faqat jang maydonida tinchitish mumkin bo‘lgan yovuzlikdir». 

Odessa aholisi havo trevogasi vaqtida bombapanagohda. Foto: Leszek Szymanski / EPA / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top