07:12 / 25.06.2022
6813

Mahalla huquq-tartibot maskanlari tuzilmasi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining “Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: norma.uz

Norma’ning yozishicha, mahalla huquq-tartibot maskani mahalla va qishloqlarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiradigan, fuqarolar xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari, boshqa huquq-tartibot organlari va jamoat tuzilmalari mahallalar kesimida birgalikda ishlashini tashkil etadigan ichki ishlar organlari eng quyi bo‘g‘inidagi tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

Mahalla huquq-tartibot maskani tuzilmasi va namunaviy loyihasi tasdiqlandi.

Mahalla huquq-tartibot maskanlari ichki ishlar organlari tayanch punktlari negizida tashkil etiladi. Maskan uchun yer maydoni, binolarni ajratish, qurish, ta’mirlash va mebel bilan jihozlash tuman (shahar) hokimliklari tomonidan mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan, boshqa moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlash - IIV tomonidan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

Profilaktika katta inspektori maskan bevosita rahbari hisoblanadi, unga mahallada jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha kundalik faoliyatni samarali tashkil etish bo‘yicha javobgarlik yuklatiladi.

Top