20:41 / 28.06.2022
14595

Jizzaxda piyodani urib yuborgan haydovchi qochib ketdi. Jabrlanuvchi ayol vafot etdi

Haydovchi VAZ 2105 mashinasi bilan ayolni urib yuborib, qochib ketgan.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 24 iyun kuni 20:45 larda 4R-42 avtomobil yo‘lining Forish tumani Amir Temur mahallasidan o‘tuvchi 92-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Forish yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan noma’lum mashina yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborib, hodisa joyidan qochib ketgan.

Oqibatda Qo‘lba qishlog‘ida yashovchi 1971 yilda tug‘ilgan ayol og‘ir tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv davomida YTHni Qo‘lba qishlog‘ida yashovchi 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z boshqaruvidagi VAZ-2105 mashinasi bilan sodir etgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Forish tuman IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top