21:03 / 28.06.2022
49929

Nothing Phone 1 shaffof smartfonining narxi ma’lum qilindi 

Shaffof Nothing Phone 1 8/256 Gb va 12/256 Gb versiyalarda ham taqdim etiladi. Ularning narxi mos ravishda 410 va 462 dollarga teng bo‘ladi. 

Foto: Nothing

Nothing Phone 1 shaffof smartfonining 8 Gb tezkor va 128 Gb doimiy xotiraga ega versiyasining narxi 31 ming rupiy (398 dollar)ga teng bo‘ladi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Android Authority portali xabar berdi. 

Nothing Phone 1 6,55 dyuymli OLED-displey bilan jihozlanishi kutilmoqda. Insayderlarning aytishlaricha, unga Snapdragon 778G Plus protsessori o‘rnatiladi. Nothing Phone 1 akkumulyatori sig‘imi 4500 mAsni tashkil etadi. 

Smartfon 50 Mp va 16 Mp bo‘lgan ikkita kamera bilan jihozlangan.

Shaffof Nothing Phone 1 8/256 Gb va 12/256 Gb versiyalarda ham taqdim etiladi. Ularning narxi mos ravishda 410 va 462 dollarga teng bo‘ladi.

Nothing Phone 1 taqdimoti 12 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top