07:26 / 28.06.2022
4243
Toshkent metrosi yerusti bekatlarida harakatlanayotgan poyezdlar tezligi kamaytirildi

Toshkent metropolitenining barcha yerusti bekatlarida harakatlanayotgan poyezdlar tezligi soat 12:00 dan 18:00 ga qadar kamaytiriladi. Bu haqda metropoliten ma’muriyati xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, bu havo haroratining keskin isishi sababli poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Bu orada elektropoyezdlar qatnovidagi oraliq intervallar ham o‘zgaradi (ortadi).

Bundan oldin O‘zbekistonda anomal issiq sabab poyezdlar tezligiga cheklov o‘rnatilgandi.

Top