11:27 / 28.06.2022
3398

Uzbekistan Airways Seulga parvozlar sonini ko‘paytirmoqda

2022 yil 1 avgustdan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent – Seul – Toshkent xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar sonini ko‘paytiradi. 

Foto: Kun.uz

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, endi aviaqatnovlar haftasiga 5 marta – seshanba, payshanba, juma, yakshanba va dushanba kunlari amalga oshiriladi.

Bunda, Toshkentdan jo‘nab ketish soat 22:15 da (Toshkent vaqti bilan), Seulga yetib borish soat 08:25 da (Seul vaqti bilan), Seuldan jo‘nab ketish soat 10:10 da (Seul vaqti bilan), Toshkentga yetib borish soat 13:20 da (Toshkent vaqti bilan) amalga oshiriladi.

Bundan oldin Uzbekistan Airways Airbus A320 salonlarini konfiguratsiya qilishi xabar berilgandi.

Top