23:36 / 30.06.2022
9196

Bayden Ukrainaga qo‘shimcha 800 mln dollarlik harbiy yordam ajratilishini e’lon qildi

Jo Baydenning so‘zlariga ko‘ra, yangi yordam paketi ilg‘or havo hujumidan mudofaa tizimlari, batareyalarga qarshi radarlar va tez harakatlanuvchi artilleriya raketa tizimlari uchun qo‘shimcha o‘q-dorilarni o‘z ichiga oladi. 

AQSh yaqin kunlarda Ukrainaga 800 mln dollarlik harbiy yordam taqdim etadi, deb ma’lum qildi AQSh prezidenti Jo Bayden.

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, yangi yordam paketi ilg‘or havo hujumidan mudofaa tizimlari, batareyalarga qarshi radarlar va tez harakatlanuvchi artilleriya raketa tizimlari uchun qo‘shimcha o‘q-dorilarni o‘z ichiga oladi.

«Lavozimga kirishganimdan buyon Ukraina xavfsizlik tizimiga qariyb 7 mlrd dollar taqdim etdik. Yaqin kunlarda yana 800 mln dollarlik yordam paketi haqida e’lon qilamiz», - dedi u. 

AQSh o‘tgan haftada Ukrainaga 450 mln dollar berilishini ma’lum qilgandi.

24 fevraldan buyon AQSh Ukrainaga ajratgan mablag‘ miqdori 6 mlrd dollardan oshdi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top