08:32 / 30.06.2022
8456

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda piyoda halok bo‘ldi

Piyoda yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotganda Isuzu yuk mashinasi urib yuborgan.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 27 iyun kuni soat 00:50 larda M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining G‘allaorol tumani Mirzabuloq mahallasidan o‘tgan 1028-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Urganch shahrida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan haydovchi Isuzu yuk mashinasini Toshkent yo‘nalishida boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan Mirzabuloq mahallasida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan shaxsni urib yuborgan.

Oqibatda, piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Jizzaxda VAZ-2106 mashinasi urib yuborgan velosiped haydovchisi va VAZ-2105 mashinasi urib yuborgan piyoda vafot etgandi.

Top