11:10 / 30.06.2022
3537

Samarqandda onlayn tarzda sintetik hamda psixotrop giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh a’zosi ushlandi

U ko‘p qavatli uyga bo‘yoq bilan sintetik hamda psixotrop giyohvandlik moddalari savdosi bilan onlayn tarzda shug‘ullanuvchi saytning nomini yozayotgan vaqtida ushlangan.

Foto: Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 5-son profilaktika katta inspektori o‘zining ma’muriy hududida tungi xizmatni olib borayotgan vaqtida, shaharning So‘g‘diyona mahallasidagi uylarga bo‘yoq bilan sintetik hamda psixotrop giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi sayt nomini yozayotgan shaxs ushlangan.

Ushbu shaxs IIB binosiga olib kelinib, kimligiga oydinlik kiritilganida u Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan D.A. ekani aniqlangan.

Uning yonidan sintetik hamda psixotrop giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi sayt ilovasini aniq manzillar bo‘ylab yozib chiqish koordinatasi, giyohvandlik psixotrop moddalari onlayn elektron to‘lovlari topilgan.

Qo‘shimcha tezkor surishtiruv davomida Toshkent shahrida yashovchi 4 nafar shaxs 2022 yil 16 iyun kuni noqonuniy giyohvandlik sintetik hamda psixotrop giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi sayt nomini tarqatish uchun Samarqandga kelgani ma’lum bo‘lgan.

Qayd etilishicha, hozirda ushbu guruhning qolgan ishtirokchilarini aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Top