23:08 / 30.06.2022
17986
Shavkat Mirziyoyev: «Men nafaqat o‘zbek xalqining, balki qoraqalpoq xalqining farzandiman»

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tantanada ishtirok etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

So‘zga chiqqan Shavkat Mirziyoyev qoraqalpog‘istonlik yoshlarni bayram bilan alohida tabriklab, ularga murojaat qildi.

«Ikki el bir bo‘lganmiz, mehrimiz mehrimizga qo‘shilgan, qon-u qarindoshmiz. Orol dengizi muammosi bo‘yicha BMTning ikkita rezolyutsiyasi qabul qilindi. Avval viloyatlar Qoraqalpog‘istonning ko‘chalarini ham, Nukusni ham bilmasdi, hozir bir xalq bo‘lib harakat qilyapmiz, Qoraqalpog‘iston yoshlari katta natijalarga erishmoqda. Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish strategiyasi qabul qilganmiz, har bir ovulini rivojlantirish uchun alohida mablag‘ ajratganmiz.

5 yil oldin Mo‘ynoq va Bo‘zatov qanaqa edi? Hozir Bo‘zatov yoshlari bilan uchrashdim, qo‘shiq aytdim. Bo‘zatov O‘zbekistonning madaniy o‘chog‘i, madaniy markazi bo‘ldi. Tanti qoraqalpoq xalqini yuragimdan e’zozlayman. G‘urur bilan aytamanki, men nafaqat o‘zbek xalqining, balki qoraqalpoq xalqining ham farzandiman, deb yana bir marta takrorlamoqchiman», dedi prezident.

Mavzu
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlar
1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston markazi Nukus shahrida tartibsizliklar kuzatildi. Milliy gvardiya xodimlari bilan to‘qnashuvlarda 200 dan ortiq kishi yaralangan, 18 kishi halok bo‘lgan.
Barchasi
Top