22:09 / 04.07.2022
11733
Internetda bir milliard nafar xitoylikka oid shaxsiy ma’lumotlar sotuvga qo‘yildi

Haker ma’lumotlarni Shanhay milliy politsiyasi bazasidan olganini ta’kidlamoqda. Ma’lumotlar fuqarolarning ismi, manzili, tug‘ilgan yili, pasport va telefon raqamlarini o‘z ichiga oladi. 

Foto: Reuters

ShinaDan taxallusli haker Breach Forums hakerlar forumida 10 bitkoyn (195 ming dollar) evaziga 23 TB ma’lumotni sotishini e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ma’lumotlar bazasida Xitoyning bir milliard nafar fuqarosi to‘g‘risidagi axborot mavjud.

Haker ma’lumotlarni Shanhay milliy politsiyasi bazasidan olganini ta’kidlamoqda. Ma’lumotlar fuqarolarning ismi, manzili, tug‘ilgan yili, pasport va telefon raqamlarini o‘z ichiga oladi.

Hozircha chinaDan sotmoqchi bo‘lgan ma’lumotlar bazasi haqiqiy yoki soxtaligi noma’lum.

Ushbu xabarni Binance kriptovaluta birjasi bosh direktori Chjao Chanpen tasdiqladi. U Twitter sahifasida kompaniya «Osiyodagi mamlakatlardan biri»ning bir milliard nafar fuqarosiga oid ma’lumotlar o‘g‘irlanganini yozgan. 

Mavzuga oid
Top