14:52 / 05.07.2022
7385
«Kishi haji qabul bo‘lganini bilmoqchi bo‘lsa, undan keyingi hayotiga qarasin» - Hasanxon Yahyo Abdulmajid

Qabul bo‘luvchi hajning belgilaridan biri – hajdan keyin kishi oldingi gunohlarini qilolmay qoladi. Haji qabul bo‘lganini bilmoqchi bo‘lsa, undan keyingi hayotiga qarasin, deydi Hasanxon Yahyo Abdulmajid.

Kun.uz haj ibodati, uning hikmatlari, hojilarga beriladigan savoblar, Haj qilishdagi niyat hamda ushbu ulug‘ ziyoratga doir xalqimizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid imom-noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajid bilan suhbat uyushtirdi.

— Qabul bo‘luvchi Haj qanday bo‘ladi, buning oyat va hadislarda qanday belgilari kelgan?

— Qabul bo‘luvchi Hajning shart shunday oyati karimada kelgan: "Kimga haj farz bo‘lsa, uyat so‘zga yaqinlashmasin, tortishmasin, fisqqa, gunohga aralashmasin". Hatto er-xotin o‘rtasida ham jinsiy munosabatga oid gaplar bo‘lmasligi kerak. Dunyo lazzatlarini mana shunday zohiran va botinan tark qilish bu maqbul Hajning shartlari. Ana shunday Haj mabrur Haj deyiladi.

Uning belgisi inson o‘z ruhiyatida poklanish, yuksaklikni sezadi. Hajdan keyin u oldingi gunohlarini qilolmay qoladi. Kishi Haji qabul bo‘lganini bilmoqchi bo‘lsa, Hajdan keyingi hayotiga qarasin. Hajdan keyin taqvoda mustahkam bo‘lsa, oldingi gunohlariga qaytmasa, inshallah Haji qabul bo‘libdi.

To‘liq suhbat bilan yuqoridagi videoda tanishish mumkin.

Farrux Absattarov suhbatlashdi.
Tasvirchi va montaj ustasi Abduqodir To‘lqinov.

Videolavha va maqoladagi diniy matnlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tegishli ekspertiza xulosalari asosida tayyorlangan.

Top