16:00 / 05.07.2022
6997

OKMK 543,9 mln dollarlik eksportni amalga oshirdi

Foto: OKMK Axborot xizmati

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan birinchi yarim yillik natijalariga ko‘ra, eksport ko‘rsatkichlari oshig‘i bilan bajarildi.

OKMK tomonidan 2022 yil yanvar-iyun holatiga 543 888 000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, rejaviy vazifa 138,2 foizga bajarilganini alohida ta’kidlash joiz.

Mahsulotlar kesimida olib qaraydigan bo‘lsak 39459 tonna mis mahsulotlari eksport qilinib,  reja 115,4 foizga uddalangan.

36907 tonna mis katodi importyorlarga yuborilib, vazifa 128,6 foizga bajarildi.

Mis quvurlari eksportida reja 102,1 foizga bajarilib, 2552 tonna ushbu mahsulot xaridorlarga yetkazib berilgan.

Rux metalli eksportida 30147 tonnalik natija qayd etilgan. Reja esa 131,1 foizga bajarilgan.

Kadmiy metalli eksportida ham yuqori raqamlar kuzatilgan. Ushbu metall eksporti rejasi 188 foizga bajarilib, 188 tonna mahsulot importyorlarga jo‘natilgan.

Molibden mahsulotlari eksportida ham yuqori natijalar qayd etilgan. Xususan, reja 160,9 foizga bajarilgan holda, 418 tonna mahsulot xaridorlarga sotilgan.

O‘tgan birinchi yarim yillikda 13962 tonna qo‘rg‘oshin konsentrati eksporti amalga oshirilib, reja 151,8 foizga bajarilganini alohida ta’kidlash joiz.

Bundan tashqari, 4398 tonna mis kuporosi eksport qilinib, rejaviy vazifa 106,5 foizga ado etilgan.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki OKMK mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.

Shuningdek, kombinat mahsulotlari endilikda yangi bozorlarga - Surinam, Keniya, Avstraliya, Litva, Gruziya, Portugaliya, Kanada, Avstriya, Ispaniya, Finlandiya, Marokash va Singapurga ham eksport qilinmoqda.

Ushbu davlatlar asosan mis mahsulotlarini xarid qilishmoqda.

OKMK Axborot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top