09:49 / 06.07.2022
12298
O‘zbekiston eng ko‘p qaysi oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston 2022 yilning dastlabki 5 oyida xorijdan import qilingan mahsulotlar ichida bug‘doy eng katta ulushga ega bo‘lgan.

Foto: iStock

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-may oylarida import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qiymatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, bug‘doy import qilingan mahsulotlar ichida eng ko‘p ulushga ega bo‘lib turibdi – 328,3 million AQSh dollari.

Oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan mahsulotlar:

  • Bug‘doy – 328,3 mln AQSh dollari;
  • Shakarqamish – 153 mln AQSh dollari;
  • Margarin mahsulotlari – 137 mln AQSh dollari;
  • Qoramol go‘shti – 81,3 mln AQSh dollari;
  • Kartoshka – 51,6 mln AQSh dollari;
  • O‘simlik yog‘i – 59,8 mln AQSh dollari;
  • Bug‘doy uni – 49 mln AQSh dollari;
  • Kakao va shokolad – 46 mln AQSh dollari;
  • Sut mahsulotlari – 31 mln AQSh dollari;
  • Bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 28,6 mln AQSh dollari;
  • Banan – 23,7 mln AQSh dollari;
  • Choy – 19,8 mln AQSh dollari;
  • Parranda go‘shti – 19 mln AQSh dollari;
  • Makkajo‘xori – 17 mln AQSh dollari;
  • Kofe – 13 mln AQSh dollari;
  • Qandolat mahsulotlari – 10,6 mln AQSh dollari.
Top