15:18 / 06.07.2022
17723
Slovyansk olov ichida, Xarkiv yaqinida okoplar mustahkamlanmoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 132-kuni o‘tdi.

Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen 27 mamlakatdan iborat blok Kremlning Ukraina bilan urushi fonida Rossiyadan gaz olishni to‘liq to‘xtatish bo‘yicha reja tuzishi kerakligini aytdi. Foto: AP Photo/Jean-Francois Badias

Ukrainada urushning 132-kunidagi asosiy ma’lumotlar: 

  • Ukraina armiyasi Lisichanskni tark etgan, endi Ukrainaning butun Luhansk oblasti rossiyalik harbiylar nazoratida, Rossiya ukrain shaharlarini o‘qqa tutishda davom etmoqda.
  • Slovyansk shahri meri Vadim Lyaxning xabar berishicha, shahar rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana yetti kishi yaralangan.
  • Finlandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi protokollarni imzoladi, Kanada parlamenti esa uni ratifikatsiya qilib ulgurdi.
  • BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha hisobot e’lon qildi. Unda ikki tomondan ham inson huquqlari buzilishi holatlari sodir etilgani hujjatlashtirilgan.
  • 5 iyul kuni Davlat dumasi armiyani xorijdagi amaliyotlar vaqtida ta’minlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi, unga ko‘ra kompaniyalar ta’minot bo‘yicha davlat buyurtmalaridan bosh torta olishmaydi.
  • 42 davlat rahbariyati vakillari Shveytsariyaning Lugano shahrida Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiyaning yakuniy deklaratsiyasini imzoladi. Ular Ukrainaning xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari doirasidagi suvereniteti va hududiy yaxlitligini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.

Quyida 5 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Donbass shimoli

Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA

Svetlana turmush o‘rtog‘i Sergey bilan tez yordam mashinasida. Sergey rossiyalik harbiylar tomonidan Slovyansk yoppasiga o‘qqa tutilishi ostida qolgan. Ukraina qo‘shinlari Lisichanskdan olib chiqib ketilib, Ukrainaning Luhansk oblasti Rossiya nazoratiga o‘tgach, Slovyansk Rossiya armiyasining navbatdagi nishoniga aylanishi mumkin. 

Turmush o‘rtog‘i Sergey olib kelingan tez yordam bo‘limida yig‘layotgan Svetlana
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain o‘t o‘chiruvchilari Slovyansk markaziy bozoridagi yong‘inni o‘chirishmoqda. Rossiyaliklar zarbasi oqibatida, mahalliy rasmiylar xabar qilishicha, kamida ikki kishi halok bo‘lib, yetti kishi yaralangan. Foto: Miguel Medina / AFP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar zarbasi oqibatida yaralangan slovyansklik kishi
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari tark etgan Lisichanskda qolgan ayol. Hozirda Severodonetsk — Lisichansk — Rubejnoye aglomeratsiyasi Rossiya kuchlari tomonidan egallangan.
Stanislav Krasilnikov / TASS
Lisichansklik kishi vayron bo‘lgan uy fonida kiyim-kechaklarini dorga ilmoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kramatorskdagi gumanitar yordam shtabida odamlarga tarqatish uchun tayyorlab qo‘yilgan oyoq kiyimlar
AP Photo/Nariman El-Mofty

Xarkiv oblasti

Ukrainalik harbiy xizmatchi bir necha kun oldin rossiyaliklar zarbasidan vayron bo‘lgan maktab binosini ko‘zdan kechirmoqda (AP Photo/Andrii Marienko)
Xarkivning Saltivka rayonida Rossiya armiyasi zarbalaridan shikastlangan turar joy binosi (AP Photo/Evgeniy Maloletka)

 

Ukrainalik harbiylar Xarkiv hududidagi front chizig‘ida. Futbolkada «Xayrli kech. Biz Ukrainadanmiz» yozuvi. (AP Photo/Andrii Marienko)
Xarkiv oblastidagi front chizig‘ida okoplarni mustahkamlayotgan ukrain harbiy xizmatchisi
AP Photo/Andrii Marienko
Xarkivning Saltivka rayonida rossiyaliklar zarbalaridan vayron bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy binosi. Shaharga yana bir bor Belgorod tomondan raketa zarbalari yo‘llandi. Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari askarlari Xarkiv oblastidagi okoplarni mustahkamlamoqda
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari Xarkiv oblastida mudofaa chizig‘i qurmoqda
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

Kiyev oblasti 

Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA

Irpin aholisi va qochqinlar cherkov binosida non uchun navbatga turibdi. Kiyev tashqarisidagi bu shahar Belarusdan bostirib kirgan rossiyalik harbiylar guruhi yo‘lidan chiqqandi. Urushning ilk davrida Irpinning bir qismi Rossiya armiyasi tomonidan ishg‘ol etilgan (rossiyaliklar shahardan bir necha kilometr shimoldagi «Antonov» aeroportini egallashgandi. Shahar doimiy ravishda rossiyaliklar tomonidan artilleriya zarbalariga uchragan. 28 mart kuni Irpin rasmiylari shahar to‘liq ozod etilganini e’lon qilishdi.

Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA

Buchadagi qirg‘in qurbonlari xotirasiga Irpin daryosi ustidagi vayron qilingan ko‘prikda vaqtinchalik yodgorlik o‘rnatildi. Kiyevdan tashqaridagi bu shahar mart oyi oxirigacha rossiyaliklar tomonidan ishg‘ol etilgandi. Rossiya harbiylari Kiyev atrofidan chekingach, Buchada o‘ldirilgan mahalliy aholining jasadlari topildi, ularning aksariyatida — qiynoq izlari bor edi. Turli guvohlik va tergovlarning ko‘rsatishicha, bu qotilliklar Bucha rossiyalik harbiylar nazoratida bo‘lgan vaqtda ular tomonidan sodir etilgan. 

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top