10:45 / 07.07.2022
8060
Bayram kunlari Toshkentda avtobus va metro harakati tartibi ma’lum qilindi
Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda Qurbon hayiti rasman 9 iyul sanasida nishonlanadigan bo‘ldi. Bayram munosabati bilan 9-12 iyul kunlari ishlanmaydigan va qo‘shimcha dam olish kunlari ham ma’lum qilindi.

«Toshshahartransxizmat» AJning xabar berishicha, shahar avtobuslarining harakati quyidagi tartibda tashkil etiladi:

  • 9 iyul shanba (bayram) va 10 iyul yakshanba kuni – yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 11 iyul dushanba va 12 iyul seshanba (qo‘shimcha dam olish kunlari) – shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Shuningdek, «Toshkent metropoliteni» DUK ham bayram kunlaridagi ish vaqtlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 9 iyulda metro poyezdlari tonggi soat 04:00 dan kechki 00:00 ga qadar, 10, 11 va 12 iyul kunlari esa dam olish kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.

«Toshkent metropoliteni» mas’ul xodimi Kun.uz’ga bergan ma’lumotga ko‘ra, odatiy ish kunlarda metro poyezdlari o‘rtacha 3-4 daqiqa, dam olish kunlari esa yo‘lovchilar kam bo‘lishi hisobiga 7-8 daqiqa oralig‘ida qatnaydi.

Top