12:01 / 07.07.2022
41040
Nukusdagi tartibsizlikni tinchitishda nega qizil bo‘yoqdan foydalanildi?

1 iyul kuni Nukusda sodir bo‘lgan tartibsizlikni tinchitish maqsadida namoyishchilarga suvga aralashtirilgan qizil bo‘yoq sepilgan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Abdijan Abduvaliyev ma’lum qildi.

Uning aytishicha, tartibsizliklarni tinchitish maqsadida namoyishchilarga qizil bo‘yoq sepilishidan maqsad ular orasidagi yetakchilarni ajratib olishdir. «Nega aynan qizil bo‘yoqdan foydalaniladi?» degan savolga Milliy gvardiya vakili bu rang uzoqdan ko‘zga tashlanishi va yaqqol ajralib turishini keltirgan.

Abduvaliyevning aytishicha, 1 iyul kungi tartibsizliklarda namoyishchilarni tarqatish uchun ham aynan qizil bo‘yoq ishlatilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda namoyishlar bo‘lib o‘tgan ko‘chada qon oqayotgani, go‘yoki maxsus mashina qonni suv yordamida yuvayotgani iddao qilingan video tarqaldi. Keyinchalik bu qon emas, bo‘yoq ekani, namoyishlarni tinchitishda bunday usuldan foydalanish mavjud tajriba ekani ma’lum bo‘ldi.

Mavzu
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlar
1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston markazi Nukus shahrida tartibsizliklar kuzatildi. Milliy gvardiya xodimlari bilan to‘qnashuvlarda 200 dan ortiq kishi yaralangan, 18 kishi halok bo‘lgan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top