18:47 / 07.07.2022
22722

Rossiyalik reteylerlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maishiy texnikalarni sotishga o‘tmoqda 

Ekspert fikricha, O‘zbekiston kompaniyasi ikki yil ichida ko‘plab raqobatchilarni siqib chiqarib, Rossiya maishiy texnika bozorining 5 foizini egallashi mumkin. 

Foto: RIA Novosti

Rossiyadagi ayrim reteylerlar o‘z assortimentini O‘zbekistondagi ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari bilan kengaytirishga o‘tmoqda, deb xabar berdi «Kommersant». 

Xabarga ko‘ra, «M.Video-Eldorado» Artel kompaniyasi bilan kelishuvga erishgan. 

Iyul va avgust oylarida sovutkich, muzlatkich, kir yuvish mashinalari, televizorlar, oshxona plitalari, changyutkich va konditsionerlarning dastlabki partiyasi reteylerga yetkazib beriladi. 

Holodilnik.ru kompaniyasi tijorat direktori Aleksey Pogudalovning fikricha, O‘zbekiston kompaniyasi ikki yil ichida ko‘plab raqobatchilarni siqib chiqarib, Rossiya maishiy texnika bozorining 5 foizini egallashi mumkin. Buning uchun to‘g‘ri strategiya tanlanishi lozim, deydi u. 

5 iyul kuni Rossiya savdo va sanoat vaziri Denis Manturov mamlakat kompaniyalariga parallel importga ruxsat berilishini aytgandi.

Top