18:11 / 08.07.2022
37379
Yangiyer shahar hokimi vafot etdi

Yangiyer shahar hokimi Xo‘jayev Ilyor Axmad o‘g‘li betoblik tufayli vafot etgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: KUN.UZ

Ilyor Xo‘jayev 1977 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 1999 yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2009 yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

Ilyor Xo‘jayev 2016 yildan buyon Yangiyer shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi. Ungacha, Guliston shahar va Boyovut tumani Moliya bo‘limi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq, Navoiy shahriga 16 yil hokimlik qilgan Baxtiyor Hamdamov, Angren shahar hokimi Nuriddin Abdurahimov va Mirishkor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Bekzod Boborajabov vafot etgandi.

Top