14:04 / 08.07.2022
37737

Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Abe suiqasddan keyin vafot etdi

67 yoshli Sindzo Abe suiqasddan keyin koma holatiga tushdi va hushiga kelmasdan shifoxonada vafot etdi.

Foto: AP

Avvalroq, Abe Nara shahrida nutq so‘zlayotgan vaqtida hujumga uchragan, unga qarata 2 marta o‘q uzilgan edi.

Shundan so‘ng uning yuragi to‘xtab qolgan va zudlik bilan shifoxonaga yotqizildi. Kyodo va NHK xabariga ko‘ra, shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun kurash olib borishganiga qaramay, Abening joni uzilgan.

Politsiya suiqasd uyushtirishda gumonlanuvchining qo‘lga olingani haqida xabar berdi. U Nara shahrida yashovchi 41 yoshli sobiq harbiy bo‘lib chiqdi. Voqea joyida unga tegishli qurol topilgan. Gumonlanuvchi Abening olib borgan siyosatidan norozi ekanini aytgan. 

Sindzo Abe 2006-2007 va 2012-2020 yillarda Yaponiya bosh vaziri lavozimida ishlagan edi. 2020 yilda Abe sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli lavozimni tark etish qarorini e’lon qildi.

Top