14:45 / 11.07.2022
27303

Chasiv Yarga qilingan hujum oqibatlari, qurbonlik keltirgan ukrain askarlari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 137-kuni o‘tdi.

10 iyul kuni Donetsk oblastidagi Chasiv Yar shahridagi besh qavatli uyga rossiyaliklarning raketa zarbalari kelib tushishi oqibatida 19 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar xarobalar ostida qolgan bo‘lishi mumkin, sakkiz kishi qutqarib olingan. Qrim rahbari Sergey Aksenov yarimorol shimolida terrorchilik xavfining yuqori darajasi rejimini uzaytirdi. Ukraina rossiyaliklarning Xersondagi bazasiga zarba berdi: rossiyaliklar tomonidan tayinlangan oblast IIV rahbariyatiga ko‘ra, hujum natijasida shahar shifoxonasi shikastlangan. O‘tgan haftadan ta’tilga chiqqan Rossiya Davlat dumasi 15 iyul kuni ayrim «hukumat tashabbuslari» muhokamasi uchun navbatdan tashqari yig‘ilishi mumkin.

Quyida so‘nggi kunlarda Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xerson

Rossiyalik harbiy va mahalliy aholi vakillari «Xerson qal’asi» oldida. 10 iyul kuni Ukraina shahardagi rossiyaliklar harbiy bazasiga zarba berdi.
Sergey Bobilev / TASS

Donbass shimoli 

Miguel Medina / AFP / Scanpix / LETA

Ukrainalik harbiy xizmatchi Ukraina sharqidagi front chizig‘ida maskirovka qilingan tank oldida. Amerikadagi Urushlarni tadqiq qilish instituti (ISW) hafta oxirida Rossiya harbiylari Luhansk oblastidagi Lisichansk shahrini egallagach, urushda «operativ tanaffus» boshlangani haqida aytishmoqda. Oblast rahbari Sergey Gaydayning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar hujum amaliyotini davom ettirmoqda, ukrain kuchlari «butun front chizig‘i bo‘ylab rus quroll tuzilmalari harakatini to‘xtatishga urinmoqda». 

Miguel Medina / AFP / Scanpix / LETA

O‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar Donetsk oblastidagi Chasiv Yar shahrida 9 iyul kuni rossiyaliklar raketa hujumiga uchragan besh qavatli uy vayronalarida ishlamoqda. Keyingi kuni rasmiylar ushbu hujum oqibatida 15 kishi halok bo‘lib, olti kishi yaralanganini ma’lum qildi. 11 iyul kuni shahar hukumati yana to‘rt kishining jasadi xarobalar ostidan olib chiqilganini ma’lum qildi. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko xarobalar ostida yana 24 kishi qolayotgan bo‘lishi mumkinligini aytgan. 

Chasiv Yardagi vayron bo‘lgan uyda yashovchi ayol.
Miguel Medina / AFP / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar vayron bo‘lgan uy xarobalari ostidan odamlarni chiqarib olmoqda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
AP Photo/Nariman El-Mofty
Chasiv Yar aholisi vakillari vayron bo‘lgan uy yaqinida.
Miguel Medina / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi Stupochki shahridagi yo‘ldan tankda o‘tayotgan ukrain askarlari
AP Photo/Nariman El-Mofty
Jangchiga aylangan sobiq muftiy Shayx Said Ismoilov Kostyantinivkadagi Madina masjidida Qurbon hayiti namozida imomlik qilish uchun kelmoqda. Foto: AP Photo/Nariman El-Mofty
Ukraina sharqidagi Kostyantinivka shahridagi Madina masjidi yaqinida raketalardan qolgan izlarning ko‘rinishi
AP Photo/Nariman El-Mofty
Shayx Said Ismoilov Qurbon hayiti bayrami kuni jamoatga imomlik qilmoqda
AP Photo/Nariman El-Mofty
Ukrain harbiylari Qurbon hayiti kuni masjid hovlisida qo‘y qurbonlik qilishdi
AP Photo/Nariman El-Mofty
Lisichanskdagi yonib ketgan Avliyo Mitrofanovskiy ibodatxonasi ro‘parasidagi univermag yerto‘lasida ibodat qilayotgan ayol.
Stanislav Krasilnikov / TASS

Odessa

EPA / Scanpix / LETA

Pravoslav rohiblari va Odessadagi dindorlar 25 metr chuqurlikda joylashgan yer osti ibodatxonasida yaqinlari sog‘ligi va Ukraina g‘alabasi uchun duo qilishmoqda. Odessadagi katakombalar — tunnellar labirinti va shahar osti va uning atrofidagi hudud ostidagi tabiiy g‘orlardir. Ikkinchi jahon urushi davrida ulardan bombapanagohlar va partizanlar uchun dislokatsiya maqsadida foydalanilgan. Lviv meri Andrey Sadovoy 10 iyul kuni YuNeSKOni arxitektura yodgorliklarini saqlab qolish uchun Xarkiv va Odessaga Umumjahon merosi shaharlari maqomini berishni so‘radi. Rossiya qo‘shini Odessa oblastida joylashgan obektlarga hujumlarni davom ettirmoqda.

Yer ostidagi butxonada yakshanba ibodati
EPA / Scanpix / LETA

 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top